ATAMALAR LUG‘ATI

Axborot texnologiyalari - axborotlami qayta ishlash, uzatish, tarqatish va ularni taqdim qilish usullarini o‘zgartirish texnologiyasi.

Insonlaming faoliyatida buyumlar, atrofimizdagi olam hodisalari to‘g‘risidagi bir-biriga og‘zaki va yozma nutq, tovush va yorug‘lik signallari, energetik va nerv (ruhiy) impulslar, shuningdek piktografik yozuv (chizma, rasm, diagramma va b.) vositalarida uzatiladigan ma’lumotlami axborot deb nomlash qabul qilingan. Axborot nazariyasi analog (uzluksiz) yoki diskret (uzuk) xarakterda bo‘lishi mumkin bo‘lgan axborotlarni uzatish, qabul qilish, qayta ishlash va saqlash bilan shug‘ullanadi. Axborot nazariyasida shuningdek, axborotlaming xususiyatiari, miqdoriy xarakteristikalari va ularni kodlashtirish metodlari o‘rganiladi.

Bilim - keng ma’noda bu kishilaming buyumlar va voqe’lik hodisalarini, tabiat va jamiyat qonunlarini bilish (tushunish, tasavvur qilish va h.) mahsulidir. Til, tasviriy vositalar va shunga o'xshashlar, jumladan, tashkil qilingan ta’lim jarayoni yordamida mustahkamlangan bilimlar avloddan-avlodga o‘tib keladi. , Bilim, ko'nikma va malakalarni tekshirish - ta’limning tarkibiy qismlaridan biri bo‘lib, o‘quvchilar ishlarini va ularning o‘zlashtirishlarini nazorat qilishga imkoniyat yaratadi. Tekshirish faqatgina nazorat funksiyasini bajarib qolmasdan, rivojlantiruvchi va tarbiyalovchi ahamiyatga ham ega. O‘quvchilaming qanday bilim, ko‘nikma va malakalarini nazorat qilish va hisobga olib borish lozim bo‘ladi?

• Dasturda ko‘zda tutilgan nazariy material, DST qoidalari, chizma bajarish tartiblari, atamalar;

• Chizma va o‘lchov asboblari bilan ishlash ko‘nikmalari, ulardan foydalanish malakalari;

• Masala yechish ko‘nikma va malakalari;

• Chizma o‘qish ko'nikmalari;

• Kitob va ma’lumotnomalar bilan ishlash ko'nikmalari va h.

O‘quvchilaming chizmachilik mashg‘ulotlaridagi bilim, ko‘nikma va malakalarini hisobga olish usullari quyidagicha bo‘lishi mumkin:

• Ish jarayonida o‘quvchilami kuzatish;

 • Og‘zaki so‘rov;

• Grafik ishlar va uy ish daftarlarini baholash;

• Nazorat ishlari;

• Masalalar yechish;

• O‘quvchilarning amaliy ishlari (modellashtirish, konstruksiyalash va hokazolar) va boshqalar.

Grafik yasashlar - chizmachilikda ushbu atama bilan belgilangan qoidalar bo‘yicha biror tasvimi bajarishdagi grafik operatsiyalar yig‘indisiga, masalan, “chizma bajarish”, “yetishmaydigan chiziqlami qurish”, “tutashma yasash” va b. larga aytiladi.

Darslarda tarixiy ekskursiya (sayohat)lar - dasturdagi biror mavzuni o‘rganishda dars materiallari tarkibiga chizmaning rivojlanish tarixi elementlarini kiritish.

Chizmachilik darslarida albatta o'quvchilarga chizmachilikning rivojlanish tarixidan, mashhur grafik olimlaming biograflyalaridan qisqa ma’lumotlarni berib borish hamda tarixiy chizmalar va b.ni namoyish qilish kerak bo‘ladi.

Maktabda chizmachilik o‘qitishda tarixiy materiallardan foydalanish dasturdagi shunga tegishli mavzuni chuqur o‘rganishga yordamlashib, o‘quvchilarning fanga bo‘lgan qiziqishlarini orttiradi.

Chizma tarixi elementlari o‘quvchilarda grafikaning rivojlanishi, uning boshqa fanlar bilan aloqalari, o‘zbek qomusiy olimlari va rassomiari, shuningdek zamonaviy grafik olimlarning tasvirlash metodlarini va grafikani rivojlantirishga qo‘shgan hissalari haqidagi tasavvurlarini shakllantiradi.

Chizmachilik darslaridagi qisqa tarixiy sayohatlar o‘quvchilarga grafikani insonning amaliy faoliyati natijasida dunyoga kelib rivojlanganligini yaqqol ko‘rsatishga yordamlashadi. Chizmachilikning rivojlanishi haqida hozirgi kungacha saqlanib kelgan tarixiy chizmalar, plan va kartalarga qarab xulosa chiqariladi.

Tarixiy sayohatlar uchun chizmachilik darslarida ko‘p vaqt ajratish kerak emas. O‘quvchilar bilan suhbatlashishi uchun rejalashtirilgan material mazmuni tushunarli, hajmi katta bo‘lmagan va yangi materialni tushuntirishda u bilan birgalikda bayon qilib o‘tilishi kerak.

O‘qituvchining hikoyasi albatta chizmalar, sxemalar, fotosuratlar bilan to‘ldirilishi kerak.

Maktabda chizmachilik o‘qitishda tarixiylik elementlarini kiritishning quyidagi shakllari maqsadga muvofiq hisoblanadi:

1) darsda dastur materialini o‘rganishda chizmalarning rivojlanish tarixini о‘mi kelganda qisqacha o‘rganish orqali berilgan dars mavzusini mantiqiy bog‘lash;

2) o‘rganilayotgan materialga bog‘lamasdan darsda tarixiy chekinishlar;

3) mavzu oxirida yoki o‘quv yilining oxiridagi darsda “tarixiy chekinishlar”;

4) sinfdan tashqari ishlar.

Darslarda grafika bo‘yicha tarixiy ma’lumotlarni bayon qilishning asosiy shakli sifatida o‘rganilayotgan material bilan organik bog‘langan qisqa xabarlarni hisoblash zarur. Bu holda chizma tarixidan ma’lumotlarni darslarning mos mavzularining tarkibiy qismi bo‘lishi mumkin.

Dars turlari. Dars - maktab ta’limining asosiy tashkiliy shakli.

Chizmachilik metodikasida ham, pedagogika darsliklaridagi singari dars turlarini klassifikasiyalash uchun har xil asoslar qo‘llaniladi.

Chizmachilik o‘qituvchilari tomonidan eng ko‘p qo‘llaniladigan dars turlari:

yangi materialni bayon qilish darsi; bilim, ko‘nikma va malakalami takrorlash va mustahkamlash darsi;

bilimlami tekshirish va baholash darsi;

aralash turdagi darslar va h.

Bir vaqtning o‘zida bunday turdagi darslarning har biri bir nechta ko‘rinishda bo‘ladi.

Didaktik prinsip (tamoyil)lar- maktab o‘quvchilari bilim olishining va o‘qituvchi faoliyatining qonuniyatlarini ochib beradi, o‘qitish jarayonining mohiyati, prinsiplari, mazmuni, metodlari hamda tashkil etilishini belgilaydi va izohlaydi. Zamonaviy didaktikada o‘rganiladigan asosiy prinsiplarga o‘qitishning ta’lim va tarbiya vazifalari hamda o‘quvchilarni umumiy rivojlantirishga yo‘naltirilganligi; ilmiylik; onglilik; faollik; mustaqillik; tushunarlilik; bilimlarning mustahkamligi; ko‘rgazmalilik; ta’limning individualliga va b. kiradi. Prinsip deb, biror fan, nazariya, jumladan didaktikaning boshlang‘ich asoslariga aytiladi.

Ko‘nikma- o‘quvchilar egallagan bilimlari asosida harakatlarni muvaffaqiyatli bajarish imkoniyati. O‘quvchilar egallashi zarur bo‘lgan ko‘nikmalar ro'yxati dasturining “Bilim va ko‘nikmalarga qo‘yiladigan asosiy talabiari” bo‘limida keltiriladi.

Ko‘nikma - biror harakatni tez va oson bajarishni mukammal egallaganlik. Chizmachilikda ko‘nikmalar turli mashqlar orqali shakllantiriladi.

Ko‘rgazmali qo‘llanmalar - ta’lim maqsadlari uchun maxsus yaratilgan ob’ektlar bo‘lib, ular yassi, hajmli va grafik shakllarda bo‘lishi mumkin. Chizmachilik darslarida ko‘rgazmali qo‘llanmalar bilim olishning hamma bosqichlarida (yangi bilimlami bayon qilishda, ulami mustahkamlash va nazorat qilish va b.) qo‘llaniladi.

Ko‘rgazmalilik o‘quvchilarda kuzatuvchanlik va mantiqiy fikrlashning rivojlanishiga yordamlashadi, ularda o‘rganilayotgan materialga bo‘lgan qiziqishning ortishiga ko‘maklashadi.

Chizmachilik darslarida qo‘llaniladigan ko‘rgazmali qo‘llanmalarni ikki turga bo‘lish mumkin:

1) tabiiy, ya’ni bevosita turmush va amaliyotdan olib namoyish qilinadigan buyumlar, masalan, uy-ro‘zg‘or buyumlari, mashina detallari, chizmachilik asboblari, shuningdek, ta’lim maqsadlari uchun maxsus tayyorlangan buyumlar, masalan, modellar;

2) grafik (tasviriy), ya’ni, jadval, chizma, sxemalami namoyish qilish va sinf doskasida figura va jismlami tasvirlash usullarini namoyish qilish.

Ko‘rgazmali qo‘llanmalar namoyish qilinadigan va tarqatma (o‘quvchilarning mustaqil ishlari uchun) shakllarda bo‘ladi. Ko‘rgazmali qo‘llanmalarga, shuningdek, turli ekran va texnika vositalari, jumladan dasturlashtirilgan ta’lim va nazorat uchun tayyorlangan vositalar ham kiradi.

Mashq - 1) harakat (aqliy yoki amaliy)ni egallash maqsadida uning rejali tashkil qilingan takrorlanishi. Chizmachilik o‘rganishda grafik ko‘nikma va malakalarni egallashda mashqlar yetakchi ahamiyatga ega.

Mashqlar harakatlami bajarish qoidalarini bilishni, ularni tushungan holda qoilashni, yo‘l qo‘yilgan xatolaming sabablarini tushunishni va ulami to‘g‘rilash yo‘llarini bilishni talab qiladi. Shu munosabat bilan chizmachilikda o‘qituvchi oldida biror harakat yoki uning elementini, biror grafik jarayon va b.larni o'quvchilarga namoyish qilib berish vazifasi paydo bo‘ladi;

2) biror ko‘nikma va malakalarni shakllantirish maqsadida mashq qilish mazmunidagi topshiriqlar.

Modellar (chizmachilikda) - namoyish qilish uchun qo‘llaniladigan ko‘rgazmali o‘quv vositalari va tarqatma materiallar.

Darslarda qo‘llaniladigan modellarga quyidagi asosiy didaktik talablar qo‘yiladi:

1) model ko‘rgazmali va sodda bo‘lib, o‘rganilayotgan masala mohiyatini o‘quvchilarga oson tushuntirishga xizmat qilishi kerak;

2) uning o‘lchamlari yetarlicha kattalikda bo‘lishi, aniq shakl va rangda bo‘lib, orqa partada o‘tirgan o‘quvchilarga ham yaxshi ko‘rinishi kerak;

3) model ishlatishga qulayligi, konstruksiyasining mustahkamligi, uni yig‘ish va qismlarga tez va oson ajratish mumkinligi, ikkinchi darajali va kam ahamiyatli detallarning bo‘lmasligi kabi talablarga javob berishi kerak.

Chizmachilik o‘qitishda quyidagi turdagi modellardan foydalanish mumkin:

1) yangi nazariy bilimlami bayon qilish uchun yig‘ma modellar (uch tomonli burchak modeli, geometrik jismlar va b.);

2) qirqimlarning modellari;

3) texnik detallar va qurilish konstruksiyalarining modellari (podshipnik, flanes va b.);

4) frontal va individual mashg‘ulotlar uchun modellar.

Chizmachilikdan dastlabki darslarda, o‘quvchilarning hali fazoviy tasavvurlari yetarlicha rivojlanmagan sharoitlarda modellaming ahamiyati juda katta. Keyinchalik model namoyish qilishni asta-sekinlik bilan shunga mos chizma namoyish qilishga almashtirib borish kerak.

Modellashtirish (chizmachilikda) - o‘quvchilarning amaliy ishlarining bir ko‘rinishi. Masalan, chizma bo‘yicha simdan biror model konstruksiyasini tayyorlash. Agar modellashtirish orqali o‘quvchilar bilim egallashlari, ko‘nikma va malakalari shakllanadigan bo‘lsa, uni ta’lim metodlaridan biri sifatida qabul qilish ham mumkin.

Mustaqil ish - o‘quvchilarning o‘qituvchi ishtirokisiz sinfda yoki sinfdan tashqari mashg‘ulotlarda, uyda individual yoki jamoa ko‘rinishidagi faoliyati. Chizmachilikdan mustaqil ishlar quyidagi shaklllarda bo‘lishi mumkin:

1) murakkab bo‘lmagan alohida, masalan, “Burchaklarga oid yasashlar”, “Kesmani teng qismlarga bo‘lish” kabi mavzularini mustaqil o‘rganish;

2) o‘tilgan materialni mustahkamlash bo‘yicha grafik ishlar bajarish (bunda mustaqil ish ko‘rinishida tarqatma materiallardan foydalanish katta ahamiyatga ega);

3) konstruksiyalash va modellashtirish;

4) turli usullar bilan chizmani o‘qish, masalaiar ishlash;

5) yakuniy grafik ish (chizma, eskiz) bajarish.

Mustaqil ish bajarishda o‘quvchilarning yo‘riqnomalar, jadval va boshqa ma’lumotnomalardan foydalanishlariga ruxsat qilish kerak. Ba’zan a’lochi o‘quvchilarni o‘zlashtirishi past bo‘lgan o‘quvchilarga biriktirib qo‘yish foydali bo‘ladi.

O‘quvchilarning mustaqil ishlari quyidagi talablarga javob berishi kerak:

1) har qanday mustaqil ish o'quvchilarning e’tiborini jalb qiladigan, ularda qiziqish uyg‘otadigan va ular bajara oladigan bo‘lishi kerak;

2) u fan dasturiga mos bo‘lib, bilimlarni chuqurlashtirish va mustahkamlashga xizmat qilishi kerak;

3) har bir ishni bajarishdan oldin uni bajarish bo‘yicha o‘qituvchi aniq va tushunarli ko‘rsatma berishi kerak;

4) o‘quvchilar mustaqil ishlayotgan paytida o‘qituvchi ularga yordam ko‘rsatib borishi kerak;

5) o‘quvchining har bir ishi tekshirilib, to‘g‘rilanib, imkoni boricha baholanishi zarur.

Ta’limning texnik vositalari - o‘quv jarayonida foydalanishga mo‘ljallangan o‘qitish vositalari va texnik qurilmalar (CD-disk va kompyuter, diafilm va diaprektor, videofilm va videomagnitofon va b.)

Texnologiya - tayyor mahsulot olish uchun xomashyoga ishlov berish metodlari ketma-ketiigi.

Ta’lim texnologiyasi - O‘qituvchi va o‘quvchining qo‘yiigan maqsadlarga mos holda loyihalangan barcha o‘quv holatlari bo‘yicha faoliyatlarining ketma-ketligi.

Ta’lim - bilim, ko‘nikma va malakalarni hamda insonlaming bilish faoliyati usullarini uzatish va o‘zlashtirish jarayoni. Ta’lim ikki tomonlama jarayon bo‘lib. o‘qituvchi (ta’lim beruvchi) va o‘quvchi (ta’lim oluvchi) ishtirokida amalga oshiriladi. Ta’lim jarayonida ta’lim maqsadlari amalga oshiriladi. Chizmachilik ta’limi jarayonining asosiy tarkibiy qismlari: ta’lim maqsadi; o‘quv fani mazmuni; ta’lim metodlari, vositalari va shakllari; o‘qitish (o‘qituvchi faoliyati); o‘qish (o‘quvchi faoliyati) kabilarni o‘z ichiga oladi. Ta’limni tashkil qilish shakllariga dars, uy vazifasi, fakultativ mashg‘ulotlar, sayyohatlar, sinfdan tashqari ishlar va b. kiradi.

Ta’lim mazmuni - o‘quvchi egaltashi zarur bo‘lgan ilmiy bilimlar, g‘oyalar va ular bilan bog‘liq bo‘lgan amaliy ko‘nikma va malakalar.

Ta’lim metodlari - o‘qituvchining ish uslubi va u tomonidan o‘quvchilar uchun belgilanadigan ish uslublari. Bular yordamida bilim, ko‘nikma va malakalar egallanadi, o‘quvchilarni tarbiyalash va rivojlanishi amalga oshiriladi. Pedagogika adabiyotlarida ta’lim melodlarini bir nechta turlarga ajratib o‘rganiladi: ko‘rgazmali; izohli-illyustrativ; reproduktiv; muammoli; qisman izlanuvchanlik va tadqiqot metodlari. Ularning hammasidan ham chizmachilik fanining xususiyatlarini e’tiborga olgan holda ta’lim jarayonida foydalanish mumkin. Masalan, izohli illyustrativ metodda axborot uzatishda hikoya, suhbat, ma’ruza, tushuntirish, darslik va boshqa manbalar bilan ishlash kabilardan foydalaniladi. Chizmachilikda qisman izlanuvchanlik va tadqiqot metodiga modellashtirish, loyihalash bo‘yicha masalalar yechish, grafik ishlami bajarish kabilarni ko‘rsatishimiz mumkin.

Ta’lim jarayonini faollashtirish. Ta’limni faollashtirish deganda qo‘llanilmagan pedagogik zaxiralami qidirish va amaliyotga kiritish nazarda tutiladi. Zamonaviy sharoitlarda o‘quvchilami o‘qitish va tarbiyalashga qo‘yilayotgan talablaming ortib borishi, maktab ta’lim tizimidagi islohotlar ta’lim jarayonini faollashtirishni talab qilmoqda.

Chizmachilik o‘qitishda dars jarayonini faollashtirish va uning samaradorligini oshirish yo‘llari sifatida quyidagilarni ko‘rsatishimiz mumkin:

• Darsning oqilona tashkil qilinishi;

• Turli ko‘rgazmali vositalaming qo'llanilishi;

• Muammoli, dasturlashtirilgan, turli xil topshiriqlar, qiziqarli va tarixiy elementlar, sinfdan tashqari ishlami qo‘llash;

• Grafik faoliyat vositalari yordamida o‘quvchilarning bilim olishga qiziqishlarini rivojlantirish va b.

Tarbiya - o‘quvchi shaxsini shakllantirish va uni hayotga tayyorlashga aniq maqsadli yo‘naltirilgan jarayon. Bunga dunyoqarash, axloqiy sifatlar, estetik did va boshqalarni shakllantirishlar kiradi. Shu munosabat bilan chizmachilik fanining mazmuni orqali o‘quvchilar bizni o‘rab turgan olamdagi buyumlarni o‘rganish vositasi bo‘lgan chizmalarni vazifasi va ishlatilishi, chizmalarning rivojlanish tarixi bilan tanishadilar, ularning fazoviy tasavvuri va tafakkuri rivojlanadi, estetik sifatlari shakllanadi.

Tarqatma material - o‘quvchilar individual topshiriqlami bajarishda oladigan detallar, modellar va kartochka-topshiriqlar shaklidagi chizmalar.

Umumta’lim maktablari uchun chizmachilik dasturida ko‘zda tutilgan bir qator topshiriqlami o'quvchilar bajarishlari uchun o‘qituvchi individual variantlar tanlashi tavsiya qilinadi. Maktab chizmachilik ta’limida o‘quvchilarning individual topshiriqlar bo‘yicha chizma bajarishlari asosiy o‘rinda turishi kerak. Individual topshiriqlar yordamida o‘quvchilarning o‘rganilgan materialni qanday o‘zlashtirganligi va bilimlaridagi kamchiliklar aniqlanadi. Bunday topshiriqlar o‘quvchilarning fazoviy tasavvurlari va mustaqil ishlash ko‘nikmalarining rivojlanishiga yordamlashib, ularning fanga bo‘lgan qiziqishlarini orttiradi.

Texnik grafika

1) texnika, ishlab chiqarish va boshqalarda qo‘llaniladigan tasvirlami o'z ichiga olgan grafika sohasi;

2) grafik tasvirlar (detal chizmalari, yig‘ish biriigi, sxema va h.)ni yasash, taxt qilish va o‘qishning belgilangan usul, norma va qoidalarini o‘z ichiga olgan o‘quv fani.

Fanlararo aloqalar - o‘xshash fanlarda materialni bayon qilish mavzusi va ketma-ketligini hisobga olib borish. O‘rganiladigan vaqtiga asosan fanlararo aioqalar oldin, bir vaqtda yoki keyin bo‘lishi mumkin.

Fakultativ (majburiy bo‘lmagan) mashg‘ulotlar- o‘quvchilarning umumta‘lim tayyorgarliklarini chuqurlashtirish, qiziqish va imkoniyatlarini rivojlantirish va boshqalar maqsadida umumta’lim maktablarida tashkil qilinadigan o‘quv-tarbiyaviy jarayonning shakllaridan biri. Chizmachilikdan fakultativ mashg'ulotlar sifatida quyidagi kurslardan birini tanlash mumkin: chizma geometriya elementlari, mashinasozlik chizmachiligi, qurilish va topografiya chizmachiligi. Maktab rahbariyatining qaroriga asosan kompyuter (mashina) grafikasi bo‘yicha fakultativ mashg‘ulot tashkil qilish ham mumkin.

O‘quvchilarning fakultativ mashg‘ulotlardagi grafik tayyorgarliklarining mazmuni o‘quvchi shaxsining ijodkorlik qirralari- ijtimoiy faollik, masuliyatlilik. tashabbuskorlik, mustaqillik, tejamkorlik, mehnatsevarlik kabi xususiyatlarini chuqur rivojlantirishga yo‘naltiriladi.

Ular faqatgina maxsus ta’lim usullari bilan emas, balki mahsulot konstruksiyasini yaxshilash, ular texnologiyalarini takomillashtirish bo‘yicha topshiriqlami bajarish orqali ham rivojlantiriladi. Fakultativ mashg‘ulotlarning dasturlariga o‘quvchilarni ijodkorlik faoliyatiga qiziqishlarini orttiradigan, maqsadga intiluvchanlik va o‘z faoliyatini tahlil qilish qobiliyatini rivojlantiradigan topshiriqlami ham kiritish kerak bo'ladi. Bu o‘quvchiiarga politexnik va mehnat ko‘nikmalarim egallash uchun zarur bo‘lgan faoliyat turlarini tanlash imkonini beradi.

O‘quvchilarning aqliy qobiliyatlarini faollashtirishga yo‘naltirilgan topshiriqlarning tanlanishi ularni bajarish jarayonida o‘quvchilarda yangi bilim va ko‘nikmalarni egallashga intilish, ma’lum ishlab chiqarish jarayonini tahlil qila olish, texnika va asbob-uskunaga tanqidiy munosabatda bo‘la olish, amaliyotda chizmani erkin qo‘llay olish kabi xususiyatlarni tarbiyalashga ko‘maklashadi.

Fazoviy tasavvur— chizmachilik o‘qitish metodikasida fazoviy tasavvur deganda ko‘pincha tasvirlanayotgan ob’ektning tasviri (chizmasi) bo‘yicha geometrik shaklini, kattaligini va fazoda joylashishini fikran tasavvur qila olish qobiliyati ko‘zda tutiladi. Umuman tasavvur - oldin inson sezgi organlariga ta’sir ko‘rsatgan buyumlar va hodisalaming sezish obrazidir. Tasavvur xotira obrazlari va fikran idrok qilishga bo‘linadi.

Chizmachilik o‘quvchilarning fazoviy tasavvurlarini shakllantirishda juda katta imkoniyatlarga ega. Fazoviy tasavvur va uni rivojlanishisiz chizmachilik dasturining asosiy mavzularini o‘zlashtirish mumkin emas.

Dinamik fazoviy tasavvur deganda tasvirlanayotgan buyum va uning qismlarini boshqa grafik qayta yasashlar, konstruksiyalash va b.lar natijasida shakli yoki fazoviy vaziyatining o‘zgarishini tasavvur qila olish qobiliyati tushiniladi.

O‘quvchilarning fazoviy tasavvurlarini shakllantirish va rivojlantirish uchun maktabda topshiriq va mashqlarning alohida turlarigina emas, balki ularning yaxlit tizimlari ham qo‘llaniladi.

O‘quv-metodik kompleks (OAIK)- tarkibida dastur, darslik, ish daftari, didaktika masalalari va o‘qitish metodikasi yoritilgan o‘qituvchilar uchun qo‘llanmalar bo‘lgan komplekt.

O‘quv rejasi- maktabda o‘rganiladigan o‘quv fanlarining ro‘yxati, ularning ta’lim yillari bo'yicha taqsimlanishi, shuningdek har bir fanga ajratiladigan haftalik va yillik vaqt miqdorini belgilovchi hujjat.

O‘qish- biror maktab fani, biz ko‘rib chiqayotgan holda chizmachilik asoslarini o‘zlashtirish bo‘yicha o‘quvchilarning faoliyati. O‘qish jarayoniga o‘qituvchi tomonidan yoki ta’lim vositalari orqali uzatilayotgan axborotlami o‘quvchilar tomonidan qabul qilishi, uni mulohaza qilib xotirada saqlash, amaliyotda qo‘llash va b.lar kiradi.

O‘quvchilarning o‘quv ishlari natijalarini baholash- dastur talablari bo‘yicha ulaming bilimlami o‘zlashtirganlik, ko‘nikma va malakalarni egallaganlik darajalarini aniqlash. Chizmachilik o‘qitishda o‘quvchilarning ishlari ulaming darsdagi va uydagi o'quv faoliyatini o‘qituvchi tomonidan kundalik o‘rganish natijasida; grafik ishlari va ish daftarlarini tekshirish orqali; so‘rov o‘tkazish, amaliy ishlarni bajarish va nazorat ishlarini tekshirish bilan baholanadi. Odatda o‘quvchilarning o‘zlashtirishlari ballarda baholanadi va baholash mezonlari fan dasturida keltirilgan bo‘ladi.

O‘quv ishlarini rejalashtirish - ta’lim maqsadlarini amalga oshirish uchun o‘qituvchi tomonidan perspektiv (uzoq muddatli, masalan bir yillik, choraklik) va joriy rejalami tuzib chiqish. Perspektiv rejalar - o‘quv mashg‘ulotlarining bir yillik yoki biror mavzu bo‘yicha tuzilgan kalendar-tematik rejalari. Hozirgi vaqtda o‘qituvchi ishi uchun zarur bo‘ladigan qisqacha tematik rejalar chizmachilikdan dasturlar to‘plamiga kiritilgan.

Yanada to‘liqroq rejalar metodik qo‘llanmalarda beriladi.

Kalendar-tematik rejalar qisqa, kengaytirilgan, bezakli (illyustrasiyali) va b.shakllarda bo‘lishi mumkin. Bunday rejalar tarkibiga materialliaming choraklarga dars mavzulari va didaktik masalalarini belgilab, ta’lim vositalari ko‘rsatilgan holdagi taqsimoti kiradi.

Joriy rejalashtirishda o‘qituvchi tomonidan dars rejalari (yoki har bir dars uchun konspekt-rejalar) tuziladi.

Dars rejasida ko‘rsatilgan darsning tarkibiy qismlariga tashkiliy qism, takrorlash, yangi materialni o‘rganish, bilimlami mustahkamlash, nazorat, umumlashtirish, yakunlash va b. lar kiradi.

Shu munosabat bilan chizmachilik o‘qituvchisining ishga tayyorlanishi yangi o‘qish yiliga hamda navbatdagi darsga tayyorgarliklari o‘z ichiga oladi. O‘qituvchining bolalar bilan ishlashga tayyorlanishi ko‘rgazmali qo‘llanmalar, tarqatma materiallar, ekran vositalari va b. larni tayyorlashni ham nazarda tutadi.

O‘quv dasturi - umumta’lim maktablarida o‘rganiladigan chizmachilik fanidan ta’lim jarayonida o'zlashtirilishi zarur bo‘lgan bilim, ko‘nikma va malakalaming mazmuni va hajmini belgilovchi hujjat.

O‘qitish metodikasi - pedagogika fanining sohasi bo‘lib, chizmachilik o‘qitish jarayonini o‘rganadi. O‘qitish metodikasi ta’limning nazariy asoslari o‘rganiladigan umumiy va maktab chizmachilik kursining biror bo‘limi yoki mavzusini o‘rganish bo‘yicha aniq tavsiyalar beriladigan xususiy turlarga bo‘linadi. Boshqacha qilib aytadigan bo‘lsak, o‘qitish metodikasi - bu mazmun (predmet), o‘qitish (o‘qituvchi) va ta’lim (o‘quvchi) orasidagi aloqalarni tadqiq qiladigan xususiy didaktikadir.

O‘qitish vositalari- yaxlit metodik tizimning tarkibiy qismlaridan biri. Ularga darsliklar, didaktik materiallar, ko‘rgazmali qo‘llanmalar, o‘qitishning texnik vositalari kiradi. O‘qitish vositalariga, shuningdek, kompyuter, ekran va ovozli qo‘llanmalar, nazorat qilish va o‘qitish dasturlari ham kiradi.

O‘quvchilarning grafik ishlari:

1) keng ma’noda- grafik tasvirlar (chizma, eskiz, sxema va b.)ni yaratish (qurish) va qayd qilish (bajarish) jarayoni bilan bog‘liq bo‘lgan har qanday grafik faoliyat;

2) chizmachilik dasturi va darsligida - belgilangan formatda standart qoidalariga mos holda detal chizmasi (eskizi)ni bajarish bo‘yicha topshiriq

Bizning manzil

Guliston shahar, 4-mavze

dilraboxon@gmail.com

+998 93 321 31 44

© chizmachilik-metodika.uz. Barcha huquqlari himoyalangan. Dasturchi