Chiqiq, bo‘rtma (bo-bishka) - bolt, shpilka, vint kabi biriktiruvch mahsulotlarni о‘rnatilish joylarida detal mustahkamligini orttirish uchun mo ‘ljallangan teshikli
past silindrik yoki konik chiqiq.
Bo‘rtik- val, o‘q, fiting, vtulka kabi detallardagi xalqasimon bo‘rtma element, Bu elementning vazifasi har xil: detal uchlari mustahkamligini oshirishdan tо‘k bo‘ylab harakatlanishning oldini olishgacha.
Val — о‘ziga biriktirilgan detallar (tishli g‘ildirak, shkiv, yulduzchalar) bilan birgalikda aylanma harakatni uzatishga xizmat qiluvchi detal.
Vilka - bir yoki ikkita uchida П yoki V simon elementi bo ‘lgan detal. Odatda boshqa detallar bilan sharnirli biriktirilish uchun mo‘ljallanadi.
Mashina va mexanizmlar qismlari о‘rtasidagi aylanma harakatni tashish yoki ishqalanish kuchi hisobiga uzatishga ishlaydi.
Tishli g‘ildirak- g‘ildirak yoki reyka tishlarining bevosita ilashishi natijasida aylanish va kuchlanishlarni uzatuvchi tishli uzatmaning detali.