1.4.O‘qitishning didaktik tamoyillar

Tadqiqotlar natijalari ma’ruza, maqola, kurs va malakaviy bitiruv ishlari, tavsiyanomalar, o‘quv qo‘llanmalari, diafilm, jadval va b. ko‘rinishlarda taxt qilinishi mumkin.

“Didaktika” iborasi grekcha didaktikos - ta’lim bemvchi va didasko ta’lim oluvchi so‘zlaridan kelib chiqqan. Bu iborani pedagogikaga nemis pedagogi V.Ratke (1571-1635) kiritgan deb hisoblanadi. Ta’lim nazariy asoslarining tadqiqoti bilan shug‘ullanadigan ilmiy fanni u didaktika deb tushungan. Y.A.Komenskiy birinchi bo‘lib didaktikaning fundamental ilmiy ishlanmalarini yaratgan.

Ta’limning ilmiyligi- bu chizmachilikda chizma geometriya va chizmachilik kurslarining nazariy asoslariga tayanishni bildiradi.

Chizmachilikda ta’lim ilmiyligini amaliy qo‘llanilishi, bu, chizma geometriya kurslarida qabul qilingan tavsirlash metodlarini o‘rganishni nazarda tutadi. Shu munosabat bilan hozirgi kunda loyihalash, jumladan badiiy loyihalash, kompyuter va hisoblash texnikasini amaliyotda qo‘llash imkoniyatlari, mashinada modellashtirish, ishlab chiqarishning texnologik jarayonlari (quyish, shtamplash, kukun (poroshok) metallurgiyasi, detal tayyorlashda qo‘llash va h.) bilan tanishishning ahamiyati ortib bormoqda.

Chizmachilik fanining o‘ziga xos xususiyati, uni o‘zlashtirish jarayonida real buyumlaming xossalari, ularning aloqalari va o‘zaro munosabatlarini ham o‘rganib borilishidadir. Buning natijasida har qanday tasvirning elementar tarkibiy qismlari - yassi, geometrik obrazlardan iborat bo‘lgan to‘g‘ri chiziq, egri chiziq va siniq chiziqlar hamda ularning oddiy kombinatsiyalari (burchak, geometrik shakl, lekalo va sirkul egri chiziqlari) haqida xulosalar chiqariladi. Oxir-oqibatda o‘quvchilar oddiy mantiqiy fikrlash orqali insonni o‘rab turgan hamma narsalar geometrik jismlar kombinatsiyasidan, nuqta va chiziq esa har qanday tasvirning tashkil qiluvchisi ekan degan xulosaga keladilar.

Ta’limning ilmiylik tamoyili DST va KHYT (konstruktorlik hujjatlarining yagona tizimi) tomonidan belgilangan shartli grafik va harfiy belgilarni qo‘llashda ham bajariladi.

Chizmachilikda ta’lim ilmiyligi masalan, o‘quvchilarga detallaming birikmasi qanday bajarilishini tushuntirib qolmasdan, nima uchun shu usuldan foydalanilganini tushuntirib amalga oshiriladi.

Ta’lim olishning osonligi - o‘quvchilar tomonidan o‘rganilayotgan o‘quv va ilmiy materialni ongli ravishda o‘zlashtirishlari uchun zarur sharoit yaratilishi bilan belgilanadi. Bunda o‘qituvchi o‘quvchilarni o‘zlari kuchi yetadigan qiyinchiliklarni yengib o‘tishga o‘rgatishga, ulaming aqliy va amaliy faoliyatlarini faollashtirishga ma’suldir.

Chizmachilikda ta’lim olishning osonligi tamoyili darslarni metodik jihatdan to‘g‘ri tashkil qilinishi, har bir dars uchun zarur ko‘rgazmali qurollar, plakat, model, maket, chizma asbobiarining yetarli miqdorda bo‘lishi, o‘quv vositalari (darslik, ish daftari, tarqatma materiallar) sodda va ravon yozilgan bo‘lib o‘quvchilarni ular bilan to‘liq ta’minlanganligi kabilar bilan belgilanadi.

Ta’limning tizimliligi - bilimlar tizimini ongli va ijodiy qo‘llash asosida chuqur egallashga aytiladi. Ta’lim tizimliligi tamoyili o‘qituvchi bayon qiladigan yangi tushunchalar oldindan o‘rganilgan va puxta o‘zlashtirilgan bo‘limlarga mantiqiy tayangan holda kelib chiqishi bilan belgilanadi. Yangi materialning o‘rganilgan material bilan yaxshi bog‘langanligi o‘quvchilarga o‘quv materialining yagona yo‘nalish g‘oyasini namoyish qiladi. Chizmachilikda bu tamoyil juda yaqqol ko‘zga tashlanadi. O‘quvchilar chizma texnikasi bilan tanishib proyeksiyalash asoslarini o‘rganadilar. Keyingi ma’lumotlarning deyarli hammasi shunga tayangan holda o‘zlashtiriladi.

Amaliyot va hayot bilan aloqa - ilmiy bilimlarni chuqur o‘zlashtirish va malakalarini shakllantirish hamda ulami amaliyotda qo‘llay bilishga aytiladi. O‘quvchilarda bunday aloqalarga zaruriyat ulami tarbiyalashning keng ma’nodagi mohiyati, ya’ni insoniyat madaniyatining moddiy (moddiy zaruriyat) va funksional (an’naviy boyliklar)ga o‘rgatish oqibatida vujudga keladi. Chizmachilikning amaliyot va hayot bilan aloqalari maktab partasidayoq yaqqol namoyon bo‘lib boradi. Masalan, turmushda chizmalardan foydalanib oddiy ta’mirlash ishlarini bajarish, maktab o‘quv ustaxonasida mahsulot tayyorlash uchun oldin ulaming chizmasini bajarish, chizma va sxemalarga tayangan holda laboratoriya mashg‘ulotlari uchun qurilmalar yig‘ish va hokazo. Bunday misollami har kim ham ko‘plab keltirishi mumkin.

Onglilik va faollik - 0‘qituvchi rahbarligida o‘quvchilarning ta’lim olishiga aytiladi. Bilimlarni tayyor holda o‘quvchilar miyasiga “joylab” qo‘yish mumkin emas. Bilim olish o‘quvchilarning o‘qituvchi rahbarligida shaxsiy bilish faoliyatining natijasi hisoblanadi.

Ongli ravishda ta’lim olish- ta’limning maqsadi va yo‘nalishlariga mos ravishda unga ongli munosabatda bo‘lish bilan belgilanadi.

Ta’lim faolligi - bilimlarni o‘zlashtirish va amalda qo‘llashda mustaqillik, shuningdek, o‘quv faoliyatining o‘zi boshqarilishini ta’minlaydigan aqliy faoliyat usullarini egallash bilan belgilanadi. Onglilik va faollik chizmachilikka o‘rgatishda eng asosiy prinsiplar sifatida o‘qituvchini o‘quvchilarni grafik bilimlarni ongli ravishda egallashga, ular mohiyatini mustaqil aniqlash qobiliyatlarini shakllantirishga undaydi. Bu prinsip o‘quvchilarda kuzatuvchanlik, xotira, diqqat, tasavvur va ma’lumotnomalardan foydalana bilish kabi qobiliyatlarining rivojlanganligi bilan faol bog‘liq.

Ta’limning ko‘rgazmaliligi - mavhum tushunchalarni egallashda bilish uchun asos hisoblanadi. Bu yerda “ko‘rgazmalilik” tushunchasi buyumlar (masalan, mashina detallari va boshqalar)ning bevosita o‘zlari emas, balki ularning grafik tasvirlari bilan bog‘liqligini qayd qilish zarur.

Har qanday tasvir, chizma buyumni his qiladigan ko‘rish organlarimiz orqali fahmlanadi. Shuning uchun ko‘rgazmalilik inson miyasida chizmada ob’ekt belgilarini modellashtirish natijasida hosil bo‘ladigan ko‘rinish obrazi deb qabul qilinadi.

Bu tamoyil o‘quvchilar materialni yaxshi o‘zlashtirishlariga xizmat qiladi. Y.A.Komenskiy ta’limda barcha sezgi organlariga tayanish lozimligini ta’kidlangan:ko‘rinadiganini- ko‘rish, eshitiladiganini- eshitish, hid taratayotganini- hidlash, his qilish mumkin bo‘lganini- his qilish.

Hozirgi sharoitda chizmachilik darslarida bu tamoyil faqatgina jadval, plakat, dinamik qo‘llanmalar, modeliar, detallar, uzellar kabilar emas balki qo‘shimcha ravishda ko‘p sonli audiovizual vositalar (turli proyeksion - apparatlar, kino, televedeniya) hamda EHM (displeylar, graf yasagichlar)dan keng foydalanib qo‘llanilmoqda.

Chizmachilikda ko‘rgazmalilikdan foydalanish me’yorida asoslangan bo‘lib, o‘quvchilarda fazoviy tasavvur va fazoviy obrazli fikrlashning rivojlanishiga salbiy tasir ko‘satmasligi kerak.

Bilimlarning o‘zlashtirishning mustahkamligi - asosiy tushunchalar tizimini amaliyotda birin-ketin mustaqil qo‘llash usuli bilan xotirada uzoq vaqt saqlanishini ta’minlashdan iborat. Bilimlami o‘zlashtirish mustahkamligini ta’minlashga ta’sir ko‘rsatuvchi ikkita yo‘nalishni ko‘rsatish mumkin:

esda saqlash, o‘quvchi uchun axborot qanchalik ahamiyatli va fikrlab qabul qilingan bo‘lsa u shunchalik yaxshi eslab qolinadi va xotirada saqlanadi;

takrorlash, bunda materialning xotiraga tushayotgan vaqti cho‘ziladi. Takrorlashda eslab qolinadigan elementlar xotirani tashkil qiluvchi assotsiativ aloqalar tizimiga oson qo‘shilib ketadi.

Ta’lim jamoaviyligi- o‘quvchilar guruhida har birining individual xususiyatlarini hisobga olgan holda ta’limning eng qulay birga olib borilishi. Ta’limda 0‘quvchilar jamoaviyligi ulaming maqsadi, vazifasi va qadriyatlar bilan bog‘liq birgalikda o‘zaro harakat va munosabatlar faoliyati bilan namoyon bo‘ladi.

Individual yondashish- zarur psixologik- pedagogik tamoyil bo‘lib, unga asosan har bir o‘quvchining individual xususiyatlari e’tiborga olinadi.

Fanlararo aloqalar- o‘quv dasturlarining fanlar tizimi va didaktik maqsadlarda o‘zaro moslashtirilishi. Fanlararo aloqalarni hisobga olish ta’lim jarayonining muvaffaqiyati uchun zaruriy shartlardan biridir.

Fanlararo aloqalarni qurish moddiy olam hodisalarini to‘g‘ri tushunishga ko‘maklashadi. Bu o‘zaro aloqalar ayniqsa chizmachilik, mehnat ta’limi, geometriya, tasviriy san’at va fizika kabi fanlarni o‘qitishda juda zarur.

Chunki bu fanlarning birida olingan bilim, ko‘nikma va malakalardan boshqalarida foydalaniladi.

SAVOLLAR:

1. Chizmachilik o‘qitish metodikasi fannining vazifasi nimalardan iborat?

2. Chizmachilik fan sifatida qanday shakllanib boshlagan?

3. Chizmachilik o‘qitish metodikasida qo‘llaniladigan ilmiy-tadqiqot bosqich va metodlarini aytib bering.

4. Didaktikaning vazifasi nimadan iborat?

5. Didaktik tamoyillarni sanab bering?

6. Didaktikani pedagogikaning maxsus tarmog‘i sifatida ta’riflang? U qanday muammolar bilan shug‘ullanadi?

7. Chizmachilik o‘rgatishda didaktik tamoyillar qanday qo‘llaniladi? Misollar keltiring.

Bizning manzil

Guliston shahar, 4-mavze

dilraboxon@gmail.com

+998 93 321 31 44

© chizmachilik-metodika.uz. Barcha huquqlari himoyalangan. Dasturchi